+**.NET** platformasi Microsoft tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, birinchi versiyasi 2002-yilda **.NET Framework** nomi bilan taqdim etilgan. Dastlab, u asosan Windows muhitida ishlash uchun mo'ljallangan edi, vaqt o'tishi bilan, ayniqsa, cloud computing va microservices arxitekturasining rivojlanishi bilan, Microsoft kross-platforma va open-source bo'lgan yangi tizimni yaratishga qaror qildi. Shu tariqa, 2016-yilda **.NET Core 1.0** taqdim etildi. U modullashtirilgan, high-performance va container-friendly texnologiya hisoblanadi. Keyinchalik, **.NET 5** dan boshlab, Microsoft barcha **.NET** versiyalarini birlashgan .NET ekotizimiga aylantirdi va .NET Core nomi .NET deb o'zgartirildi. .NET platformasining yangi versiyalari har yili, odatda noyabr oyida chiqariladi. .NET'ning eng so'nggi versiyasi 2024-yil noyabr oyida chiqarilgan **.NET 9**, joriy **LTS** versiyasi esa **.NET 8** bo'lib, 2023-yil noyabr oyida chiqarilgan.
0 commit comments